«mansabdor shaxs» tegli maqolalar


«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari
3 mart 2023, 18:07

«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari

Prezidentning 27 fevral kungi qaroriga asosan, endilikda nogironlar amaldorlar qabuliga navbatsiz kiradi. Adliya vazirligi rasmiysining aytishicha, nogironlar ularni qabul qilmagan mansabdor shaxslar ustidan Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura va adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.

Yarim yilda 1785 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi
28 iyul 2022, 11:26

Yarim yilda 1785 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

Yarim yilda 1429 ta jinoyat ishi doirasida 1785 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Bunda ular yetkazgan moddiy zarar qariyb 700 mlrd so‘mni tashkil etdi. 1210 nafar mansabdor talon-toroj qilish, 158 nafari o‘z mavqeini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlikda ayblangan.

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi
28 mart 2022, 11:35

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov
17 dekabr 2021, 11:14

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov

Poytaxtda o‘tgan konferensiyada adliya vaziri Ruslanbek Davletov so‘nggi 5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatni sodir etganini ma’lum qildi. Shundan eng ko‘pi tuman miqyosidagi amaldorlar hisoblanadi. Vazir shuningdek, bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi bo‘lsa, o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi ortidan qonun buzilishini aytib o‘tdi.

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman
1 noyabr 2021, 18:36

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.

Jamiyat ochiqlik orqali mansabdorlarni tarbiyalaydi — Adliya vaziri
6 oktabr 2021, 15:49

Jamiyat ochiqlik orqali mansabdorlarni tarbiyalaydi — Adliya vaziri

Ruslanbek Davletov jamiyat ochiqlik siyosati orqali mansabdorlarni tarbiyalashini ta’kidladi. «Agar amaldorning bitta qadami birovga yoqmaydigan qadam bo‘lsa, albatta yashirishga harakat qiladi, ko‘p holatlarda shunaqa», — dedi u. Vazirning fikricha, ochiqlik «qaysidir vazirlik uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin jamiyat uchun yaxshi».

Qashqadaryoda rahbar o‘z tashkilotiga qizni ishga olish uchun «birga bir kechani o‘tkazishni» taklif qilgani aytilmoqda
23 iyun 2021, 12:21

Qashqadaryoda rahbar o‘z tashkilotiga qizni ishga olish uchun «birga bir kechani o‘tkazishni» taklif qilgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i muxbir qizni matbuot kotibi sifatida ishga olish uchun o‘zi bilan «bir kechaga qolishni» taklif etgan. Muxbir qiz rahbar oldinroq ham shunga o‘xshash takliflar bildirganligini ta’kidlamoqda. Boshqarmadagi xodimlardan biri qizga tinch yurishini, rahbarning ukasi «katta joyda ishlashini» aytgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv bo‘layotganligini ma’lum qildi.

2020-yilda 1723 nafar mansabdor davlatga 500 mlrd so‘m zarar yetkazdi
18 yanvar 2021, 12:56

2020-yilda 1723 nafar mansabdor davlatga 500 mlrd so‘m zarar yetkazdi

2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.

Noqonuniy boylik orttirgan mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
23 noyabr 2020, 19:00

Noqonuniy boylik orttirgan mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l uradigan sohalar ro‘yxati shakllantiriladi.

9 oy ichida 647 nafar mansabdor shaxs korrupsiya uchun javobgarlikka tortildi
19 noyabr 2020, 11:19

9 oy ichida 647 nafar mansabdor shaxs korrupsiya uchun javobgarlikka tortildi

So‘nggi 9 oy ichida korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoiy ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi, 626 nafari esa shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Ushbu korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

Mansabdor shaxslar davlatga 172,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
15 iyul 2020, 16:10

Mansabdor shaxslar davlatga 172,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting